Sho'rchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
2026-yil 9-iyul kuni Sho'rchi tuman Madaniyat saroyida "Bitiruvchilar – kelajak bunyodkorlari" shiori ostida Sho'rchi tumanidagi professional ta'lim muassasalari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i B. Qurbonov, Sho'rchi tuman hokimining birinchi o'rinbosari M. Chorshanbiyev, tuman prokurori yordamchisi M. Ziyoyev, professional ta'lim muassasalari rahbarlari, bitiruvchilar, ota-onalar, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida Sho'rchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 141 nafar bitiruvchisiga egallagan mutaxassisliklari bo'yicha diplomlar, faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so'zga chiqqan mutasaddilar bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularga egallagan kasblarining yetuk mutaxassislari bo'lish, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo'shish hamda kelgusi o'qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.


Русский
English
Comments (0)